Bekmurodov Ulug‘bek Bahrom o‘g‘li, Shomirzayev Farruh Akram o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari yordamida katta hajmdagi ma’lumotlarni samarali tahlil qilish va kelajakdagi holatlarni aniqlash (bashoratlash) imkonini beruvchi algoritmlarni ishlab chiqish masalalari atroflicha yoritilgan. Tadqiqotda mashinaviy o‘rganish (Machine Learning) va chuqur o‘rganish (Deep Learning) texnologiyalarining nazariy asoslari, ularning turli sohalarda qo‘llanish xususiyatlari hamda algoritmlarning amaliy samaradorligi tahlil qilingan. Maqolada ayniqsa vaqt qatorlarini tahlil qilishda keng qo‘llanilayotgan LSTM (Long Short-Term Memory) neyron tarmoqlari misolida amaliy model ishlab chiqilgan va uning prognoz aniqligi yuqori ko‘rsatkichlarga ega ekani isbotlab berilgan.