Abdurahmonov Azizbek Akram o‘g‘li
Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb etishda investitsion muhit jozibadorligini oshirishning nazariy va amaliy asoslari o‘rganilgan. Xususan, mamlakatda so‘nggi yillarda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, soliq va bojxona imtiyozlari, huquqiy muhit barqarorligi, maxsus iqtisodiy zonalarning roli hamda xorijiy investorlar uchun muhim omillar tizimli tahlil qilingan. Statistik ma’lumotlar asosida 2018–2024-yillar davomida xorijiy armoyalar hajmining dinamikasi, tarmoqlar kesimidagi taqsimoti va MIZlar orqali investitsiya oqimining ortib borayotgani ilmiy asosda tahlil etildi.