Erbo‘tayev Azimjon Qahramon o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqolada turizm sohasida innovatsion klasterlarni shakllantirishning iqtisodiy va institutsional asoslari hamda ularning hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli tahlil qilingan. Turizm-innovatsion klasterlar – bu turizm resurslarini samarali boshqarish, innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqish va xizmatlar sifatini oshirish orqali hududda iqtisodiy faollikni kuchaytirishga xizmat qiladigan ko‘p subyektli tizimdir.