Eshbo‘riyev Umarbek Rаshidovich
Annotatsiya: Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida kichik biznesni rivojlantirishda inson kapitalining o‘rni va ta’sirini chuqur tahlil qiladi. Inson kapitalining tarkibiy qismlari – ta’lim, kasbiy tayyorgarlik, malaka, motivatsiya va salomatlik holatining kichik biznesning iqtisodiy samaradorligiga ta’siri miqdoriy va sifat jihatidan o‘rganildi. O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, yuqori malakali kadrlar, kasbiy tayyorgarlik va samarali rag‘batlantirish tizimlari kichik biznesning raqobatbardoshligi va barqaror rivojlanishida muhim omil bo‘lmoqda. Tahlil natijalari asosida inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha strategik tavsiyalar ishlab chiqildi.