ELEKTRON TIJORATNING RIVOJLANISHI VA UNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI



Mualliflar:

Tashmatov Sharaf Urokboyevich

DOI:
Annotatsiya:

Annotatsiya: Ushbu maqolada elektron tijoratning global va milliy iqtisodiyotdagi o‘rni, rivojlanish tendensiyalari hamda unga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Elektron tijoratning shakllanish tarixi, nazariy asoslari va turli olimlar bergan ta’riflar ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, elektron savdo jarayonlari, uni tashkil etish bosqichlari va yangi texnologiyalarning (BNPL, blokcheyn, sun’iy intellekt, virtual va kengaytirilgan reallik, bulutli xizmatlar, zamonaviy to‘lov texnologiyalari) ta’siri yoritilgan. O‘zbekiston misolida elektron tijoratning hozirgi holati, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy bozordagi ommaviy marketpleyslar hamda mavjud muammolar (logistika, kadrlar yetishmasligi, ishonchsizlik va infratuzilma cheklanishlari) tahlil qilingan.