Bektemirov Abduxamid Abdumalikovich
Annotatsiya. Mazkur maqolaning maqsadi tadbirkorlik faoliyatida keng qo‘llanadigan “risk” va “tavakkalchilik” kategoriyalarini nazariy jihatdan farqlash, ularning o‘zaro bog‘liqligi va boshqaruv tizimidagi funksional rolini aniqlashdan iborat. Klassik iqtisodiy nazariya, zamonaviy risk-menejment standartlari, xulq-atvor iqtisodiyoti va tadbirkorlik nazariyalari sintezi asosida mualliflik yondashuvi taklif etiladi. Shundan kelib chiqib, risk boshqaruvi faqat salbiy oqibatlarni kamaytirish emas, balki tavakkalchilikni maqbullashtirish, ya’ni qaror sifatini yaxshilash vazifasini ham bajarishi kerak. Tadqiqot natijasida risk va tavakkalchilikni ajratish tadbirkorlik subyektlarida risk identifikatsiyasi, baholash, risk appetiti, KRI tizimi va strategik qarorlar uyg‘unligini kuchaytirishi asoslab beriladi.