Karjavova Xurshida Abdumalikovna
Annotatsiya. Ushbu maqolada aholining moliyaviy savodxonligini oshirishning iqtisodiy ahamiyati chuqur ilmiy tahlil qilingan. Moliyaviy savodxonlik tushunchasi, uning mazmun-mohiyati va asosiy tarkibiy elementlari keng yoritilib, aholining moliyaviy bilimga ega bo‘lishi shaxsiy byudjetni samarali boshqarish, qarz va jamg‘arma siyosatini oqilona yuritish, investitsiya faoliyatida faol ishtirok etish hamda iqtisodiy risklarni kamaytirishda muhim omil ekani asoslab berilgan. Shuningdek, moliyaviy savodxonlikning oshishi bank-moliya tizimining barqaror ishlashiga, milliy iqtisodiyotda investitsion muhitning yaxshilanishiga, ijtimoiy barqarorlikning kuchayishiga va kambag‘allikning kamayishiga olib kelishi tahliliy jihatdan ko‘rsatib o‘tilgan.