Xasanov Ahmadjon Shodiyarovich, Eshpulatova Sabina Alimardon qizi, Yorqulova Dilorom Ikromjon qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada bir qator xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning “xizmat” kategoriyasini tasniflash bo‘yicha fikr-mulohazalari asosida olib borilgan tadqiqot natijasida muayyan mahsulot sifatidagi xizmat kategoriyasi, uning mohiyati va asosiy xususiyatlari keltirilgan. Iqtisodiy adabiyotlarda mavjud yondashuvlarni umumlashtirish va tahlili asosida xizmatlar turlarining tasnifi taklif etilgan, hamda iqtisodiyotning turli sohalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni tahlil qilish va baholash imkoniyatlari taklif etilgan.