Ulug‘muradova Nodira Berdimuradovna
Annotatsiya: Ushbu tadqiqot, inson kapitalini rivojlantirishga yo‘naltirilgan strategiyalar va usullarni tahlil qilib, ularning samaradorligi va iqtisodiy natijalarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda ta’lim, mehnat bozori, innovatsion texnologiyalar va sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar orqali inson kapitalini rivojlantirishning iqtisodiy o‘sishga ta’siri ko‘rsatilgan. 2015-2023-yillar davomida amalga oshirilgan investitsiyalar va islohotlar natijasida, mamlakatda yoshlar ish bilan ta’minlanish darajasi oshgan, iqtisodiy o‘sish sur’ati va ta’lim sohasiga qaratilgan investitsiyalarning qaytimi ham sezilarli darajada yuksalgan.