Aminov Jonibek Boxodirovich
Annotatsiya: Mazkur maqolada turistik xizmatlarning iqtisodiy mazmuni, ularning xizmatlar bozori tarkibidagi o‘rni va hududiy rivojlanishga ta’siri tadqiq etiladi. Turistik xizmatlar hududlarda iqtisodiy faollikni oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va investitsion jozibadorlikni kuchaytiruvchi muhim omil sifatida qaraladi. Maqolada turistik xizmatlarning hududiy iqtisodiy o‘sishga ta’sir mexanizmlari, ularni rivojlantirish omillari va hududiy raqobatbardoshlikni oshirishdagi ahamiyati yoritiladi.