Toshxujayev Mustafoxon Abduvosi o‘g‘li
Annotatsiya: Maqolada O‘zbekiston hududiy turizm resurslarining xizmat ko‘rsatish sohasi barqaror o‘sishiga qo‘shayotgan hissasi tadqiq etilgan. Empirik tahlil O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi hamda SIAT bazasining 2021–2025-yillardagi rasmiy ma’lumotlariga asoslangan. Xorijiy turistik safarlar 1,881 milliondan 11,680 milliongacha, turizm xizmatlari eksporti 422,1 million AQSh dollaridan 4,880 milliard AQSh dollarigacha oshgan, bozor xizmatlari hajmi esa 2025-yilda 1 050,3 trillion so‘mga yetgan. Turizm resurslaridan iqtisodiy foydalanish natijadorligi bir xorijiy turistik safar hisobiga to‘g‘ri keladigan turizm xizmatlari eksporti orqali baholangan va u 224 AQSh dollaridan qariyb 418 AQSh dollarigacha oshgan.