Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, Usmonov Behruz Sharofiddin o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalarda kompensatsiya va imtiyozlar paketining mehnat unumdorligiga ta’siri iqtisodiy-statistik usullar yordamida baholanadi. Tadqiqot doirasida xodimlarni moddiy va nomoddiy rag‘batlantirish mexanizmlari, bevosita va bilvosita to‘lov turlari hamda ularning korxona samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar va ijtimoiy almashinuv nazariyasi (Social Exchange Theory) asosida xodimlar unumdorligini oshirish hamda korxonalarda mehnatga haq to‘lash strategiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqiladi.