Yuldashev Shamsiddin Qiyamiddinovich, Bozorov Azizbek Alisher o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqolada mamlakat tashqi savdo hajmini oshirishga ta’sir qiluvchi asosiy omillar, mavjud to‘siqlar va ulardan foydalanish imkoniyatlari tizimli tahlil qilingan. Eksport diversifikatsiyasi eksport qilinadigan mahsulotlar tarkibini kengaytirish hamda eksport yo‘nalishlari geografiyasini yangi bozorlar hisobiga boyitish jarayoni sifatida yoritilgan. Maqolada O‘zbekiston tadbirkorlarining eksport salohiyatini oshirish, mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqishdagi asosiy muammolarni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan hamda ular yuzasidan tahliliy xulosalar berilgan. Iqtisodiy murakkablik indeksi (ECI) asosidagi xalqaro tajriba va O‘zbekistonning “2030” strategiyasi doirasidagi ustuvor yo‘nalishlar qiyosiy tahlil qilindi. Shuningdek, eksportning mamlakat iqtisodiy barqarorligi va raqobatbardoshligini mustahkamlashdagi ahamiyati ochib berilib, eksport ko‘rsatkichlarini import hajmiga.