Shakarov Zafar Gafforovich
Annotatsiya: ushbu maqolada mehnat mobilligining ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish jarayonlariga ta’siri nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilgan. Mehnat mobilligi ishchi kuchining hududlar, iqtisodiy faoliyat turlari va mehnat bozori segmentlari o‘rtasida harakatlanishi sifatida qaralib, uning bandlikni ta’minlash, mehnat resurslaridan samarali foydalanish, turmush darajani yaxshilash, hududlararo iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish hamda inson kapitalini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda mehnat mobilligining hududiy, kasbiy, tarmoq va xalqaro shakllari o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilingan. O‘zbekiston mehnat bozorining 2010–2025-yillardagi ba’zi ko‘rsatkichlari asosida mehnat resurslari, bandlik va ishsizlik dinamikasi baholangan. Tahlil natijalari mehnat resurslarining o‘sishi bilan bir qatorda ishchi kuchining hududiy va tarmoqlararo qayta taqsimlanishi iqtisodiy faollikni oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.