QISHLOQ HUDUDLARIDA AHOLINI NORASMIY ISH BILAN BANDLIK DARAJASINI KAMAYTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI



Mualliflar:

Xomitov Komiljon Zoitovich

DOI:
Annotatsiya:

Annotatsiya. Ushbu maqoladagi tadqiqotning asosiy maqsadi norasmiy bandlikning iqtisodiy mohiyati va uni xalqaro statistik standartlarda ta‘riflanish evolyusiyasini ilmiy o‘rganish negizida qishloq hududlarida aholini norasmiy ish bilan bandlik darajasini kamaytirishning nazariy-metodologik asoslarini aniqlashdan iborat. Shunga ko‘ra maqolada quyidagi vazifalar hal etiladi: birinchidan, «norasmiy sektor», «norasmiy iqtisodiyot» va «norasmiy bandlik» tushunchalarining xalqaro statistik standartlardagi mazmuni, farqlari va evolyusiyasi ochib beriladi; ikkinchidan, norasmiy bandlikni tushuntiruvchi asosiy nazariy yondashuvlar qishloq mehnat bozori mezonlari bo‘yicha qiyosiy baholanadi; uchinchidan, qishloq aholisining norasmiy bandligini baholashning ko‘p mezonli mualliflik yondashuvi asoslantiriladi