Haydarov Jamol Kamol o‘g‘li
Annotatsiya. Maqolada korxonalarda zamonaviy xizmatlarni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, iqtisodiy mohiyati va tamoyillari tadqiq etilgan. Zamonaviy xizmatlarning mualliflik ta’rifi berilib, ular bilim sig‘imi, raqamli texnologiyalar bilan bog‘liqligi va qiymat yaratishdagi ishtiroki bo‘yicha tasniflangan. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining 2019-2025-yillar ma’lumotlari asosida bozor xizmatlari hajmi, xizmatlar sohasi yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibi, hududiy tafovutlar va axborot kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari dinamikasi tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida korxonalarda zamonaviy xizmatlarni rivojlantirishning yetti tamoyildan iborat tizimi ishlab chiqilgan va ularning korxona, hudud hamda milliy iqtisodiyot darajasidagi samaralari asoslangan.