Isrofilov Firdavs Ibrohim o‘g‘li
Annotatsiya. Ushbu maqola jahon va O‘zbekiston turistik destinatsiyalarida overturizm fenomenining shakllanishi, uning ijtimoiy, ekologik va madaniy oqibatlarini hamda barqaror boshqaruv imkoniyatlarini tahlil qiladi. Mavjud ilmiy adabiyotlarda overturizm ko‘proq alohida iqtisodiy yoki ekologik nuqtai nazardan yoritilgan bo‘lib, TALC va Irridex modellarining integratsiyalashgan qo‘llanilishi O‘zbekiston sharoitida yetarli darajada o‘rganilmagan. Mazkur bilim bo‘shlig‘ini to‘ldirish maqsadida tadqiqot konseptual va qiyosiy tahlil usullariga asoslanib, Butlerning TALC va Doxeyning Irridex modellarini xalqaro keyslar (Barselona, Venesiya, Bali, Parij) hamda O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlariga tatbiq etdi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, turistik hududlar yuqori o‘sish va konsolidatsiya bosqichlarida bo‘lganida overturizm xavfi kuchayadi va mahalliy jamoatchilik munosabatlarida eyforiyadan irritatsiyaga o‘tish belgilari paydo bo‘ladi.