Yuldashev Shamsiddin Kiyamiddinovich, Mullayeva Mehrangiz Akhtam qizi
Annotatsiya.Ushbu maqolada inson kapitalining iqtisodiy mohiyati, mamlakatimizda inson kapitalining rivojlanganlik darajasi hamda inson kapitalini yanada rivojlantirishda muhim o`rin tutadigan ta’lim tizimini zamon talablaridan kelib chiqib modernizatsiya qilish, mehnat bozorida vujudga kelayotgan yangi kasblarni puxta egallagan malakali mutaxassis kadrlar avlodini shakllantirish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilingan. Shuningdek, inson kapitalining bugungi kundagi ahamiyati va uni rivojlantirish natijasida erishish mumkin bo`lgan ijobiy natijalar va bu borada amalga oshirish lozim bo`lgan choratadbirlar yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar berilgan.