Xaitov Oxunjon Nomoz o‘g‘li
Annotatsiya: Mazkur maqolada iqtisodiyotda barqaror rivojlanish nazariyasi va uning amaliy tatbiqlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Barqaror rivojlanishning asosiy konsepsiyalari – iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy farovonlik va ekologik muvozanat uchligi sifatida ko‘rib chiqilib, ularning iqtisodiy tizimlarda uyg‘un qo‘llanish mexanizmlari ochib beriladi. Jahon tajribasi va O‘zbekiston sharoitidagi mavjud yondashuvlar asosida barqaror rivojlanish siyosatining ustuvor yo‘nalishlari yoritiladi. Xususan, yashil energetika, resurslarni tejash, ekologik toza texnologiyalarni joriy qilish, turizm va qishloq xo‘jaligida barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar misolida amaliy natijalar ko‘rsatib beriladi.