Uzoqov Suhrobjon Do‘smat o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqolada aholi daromadlarini oshirishda bandlik siyosatining samaradorligi chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda mehnat bozoridagi o‘zgarishlar, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan bandlik dasturlari, moslashuvchan ish shakllari va raqamli bandlikning aholining real daromadlariga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va hududiy bandlik siyosatining daromadlarni oshirishdagi o‘rni yoritiladi. Tahlillar asosida bandlik siyosatini takomillashtirish, daromadlar o‘sishini ta’minlash hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqiladi.