Sultanova Nigina Utkurovna
Annotatsiya: Mazkur maqolada barqaror turizm tamoyillari asosida mehmonxona xizmatlari sifatini baholashga mo‘ljallangan ilmiy-amaliy model ishlab chiqilgan. Tadqiqot doirasida xizmatlar sifatiga ta’sir etuvchi ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlar majmuasi tahlil qilinib, xalqaro standartlar (GSTC, Green Key) asosida baholash mezonlari taklif etildi. Shuningdek, mehmonxonalar faoliyatida resurs tejamkorlik, energiya samaradorligi, chiqindilarni boshqarish, xizmatlar shaffofligi va mijozlar qoniqishining barqarorlik bilan bog‘liq integrativ ta’siri yoritilgan. Taklif etilgan model mehmonxona boshqaruviga sifat monitoringini ilg‘or darajada tashkil etish va barqaror turizmga mos raqobatbardosh strategiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.