Amriddinova Muslima Zayniddinovna, Axrorova Munavvar Farxod qizi
Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekistonda turizm xizmatlari bozorida marketing-miks elementlarining (produkt/xizmat, narx, taqsimot, rag‘batlantirish hamda 7P modelidagi qo‘shimcha elementlar) o‘zaro munosabati, sohada mavjud statistik holat, shuningdek, ushbu elementlarni samarali qo‘llash usullari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari turizm xizmatlari taklifini takomillashtirish, raqobatbardoshlikni oshirish va marketing strategiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.