Mamirov Zamir Uzoq o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqolada samaradorlik tushunchasining mohiyati, xizmat ko‘rsatish sohasida samaradorlikni aniqlash muammosiga turli xil uslubiy yondashuvlar, korxona faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari tavsifi, xizmat ko‘rsatish sohasida ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni aniqlashning asosiy mezonlari va ko‘rsatkichlari tavsifi tadqiq qilingan. Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatining samaradorligi bevosita strategiyaning asoslanganligiga bog‘liq bo‘lib, uni shakllantirish esa yuqori boshqaruv bo‘g‘inidagi rahbarlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish tashqi va ichki muhitning doimiy o‘zgaruvchan sharoitlarida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bozorda etakchi mavqieni saqlab qolishga imkon yaratadi.