XIZMAT KO‘RSATISH KORXONALARIDA RAQOBATBARDOSHLIKNI OSHIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI



Mualliflar:

Amirov Akmal Mexrojovich

DOI:
Annotatsiya:

Annotatsiya. Mazkur maqolada xizmat ko‘rsatish korxonalarida raqobatbardoshlikni oshirishning zamonaviy usullari tahlil qilingan. Tadqiqotda xizmat sifati, raqamli texnologiyalar, innovatsion boshqaruv va marketing strategiyalarining korxonalar samaradorligiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida mehmonxona, restoran hamda bank xizmatlari sohasidagi rivojlanish tendensiyalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari xizmat ko‘rsatish korxonalarida raqamlashtirish va mijozlarga yo‘naltirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish raqobatbardoshlikni oshirishning muhim omili ekanligini ko‘rsatadi.