Malikova Dilrabo Muminovna, Burxonov Iskandar Shuhratovich
Аnnotatsiya: Innovatsion faoliyatni rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiy o‘sish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Innovatsiyalar sohasidagi korxonalar faoliyatini moliyalashtirishda turli manbalardan foydalaniladi. Innovatsion jarayon ham xususiy, ham davlat mablag'lari hisobidan moliyalashtirilishi mumkin. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish o'z mablag'lari hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Maqolada innovatsiyalarni moliyalashtirishning mohiyati, innovatsiyalarni moliyalashtirish manbalarining tasnifi ko‘rib chiqilgan, O‘zbekistonda moliyalashtirish manbalari tahlil qilingan va innovatsion faoliyatda moliyalashtirishning ahamiyati o‘z aksini topgan.