Saydullayev Azamat Jo‘raqul o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqola to‘g‘ridan tog’ri xorijiy investitsiyalar (TTXI) bilan inflatsiya darajasi va aholi o`sish yoki kamayishining o‘rtasida munosabat bor yoki yo‘qligini o‘rganishdan iborat. Omillar o‘rtasida ekonometrik modellarni qo‘llab-quvvatlash orqali, tadqiqot to`g`ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyasini asosiy iqtisodiy ko`rsatkichlar bilan bog‘liq dinamikasini va sababli mexanizmlarni aniqlashdan iborat. Zamonaviy emprik tahlil orqali, tadqiqot TTXIlarining inflatsiya dinamikasiga va demografik tendentsiyalarga qanday ta`sir ko`rsatishi haqida nazariy va amaliy ma`lumotlar beradi, shuningdek xorijiy kapitalning keng iqtisodiy ta`sirlari haqida muhim tushunchalarni oshirishga qaratilgan.