Abduvaliyev Bekzod Muxiddin o‘g‘li
Annotatsiya. Ushbu maqolada Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan investitsion-qurilish jarayonlarida ishtirok etayotgan asosiy subyektlar – investorlar, pudratchilar, loyiha tashkilotlari va davlat organlari faoliyati ko‘rsatkichlari chuqur tahlil qilingan. Tahlillar asosida ularning iqtisodiy samaradorlikka qo‘shayotgan hissasi, loyihalarning bajarilish samaradorligi, byudjet va xususiy investitsiyalarning taqsimoti, hamda monitoring va nazorat mexanizmlarining samarasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda statistik ma’lumotlar, grafik va jadval ko‘rinishidagi tahlillar asosida investitsion-qurilish ishtirokchilarining real holati va ularni takomillashtirish yo‘llari aniqlangan.