Bekmurodov Ulug‘bek Bahrom o‘g‘li, Ruziyeva Zulfiya Qurvonovna
Annotatsiya: Mazkur dissertatsiya ishida Internet of Things (IoT) tizimlarida uchraydigan axborot xavfsizligi muammolari chuqur tahlil qilinib, ularni bartaraf etishning zamonaviy usullari ishlab chiqilgan. IoT tizimlarining arxitekturasi, ularning xavfsizlik jihatidan zaif tomonlari, mavjud tahdidlar va himoya mexanizmlari ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqotda ayniqsa kam resursli IoT qurilmalarining shifrlash va autentifikatsiya bilan bog‘liq cheklovlarini hisobga olgan holda, samarali xavfsizlik ondashuvlari (shifrlash algoritmlari, anomaliya aniqlash, Zero Trust modeli, edge computing asosidagi yondashuvlar) taklif tilgan.Dissertatsiyada ishlab chiqilgan model va usullar maxsus test muhitida tajriba asosida sinovdan o‘tkazilib, ularning amaradorligi amaliy jihatdan baholangan. Ish natijalari IoT infratuzilmalarini yanada ishonchli qilishda qo‘llanishi mumkin.