Boynazarova Iroda Mahmud qizi
Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqolada raqamli iqtisodiyot va raqamli ta’lim tushunchalari tahlil qilinadi. Raqamli platformalar - bu o‘quv jarayonida ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish, uzatish va interaktiv ta’limni ta’minlovchi raqamli ekotizim sifatida qaraladi. Xalqaro tajriba tahlili shuni ko‘rsatadiki, Coursera, EdX, Moodle, Blackboard, Canvas, Google Classroom kabi tizimlar oliy ta’lim samaradorligini 25–40% gacha oshirgan. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, 2024-yil holatiga ko‘ra respublikadagi 90% oliy ta’lim muassasalari o‘zining raqamli platformasiga ega (masalan, my.university.uz, edu.uz, lms.tuit.uz). Tadqiqotda xorijiy tajriba asosida oliy ta’lim tizimi rivojlantirishning istiqbollari va ularni milliy sharoitga moslashtirish yo‘llari taklif etilgan.