Pardayeva Ozoda Mamayunusovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada Samarqand viloyatida gastronomik turizm sohasida oilaviy biznesning tutgan oʻrni, rivojlanish tendentsiyalari va istiqbollari tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi milliy pazandachilik anʻanalari, xususan Samarqand oshxonasiga xos taomlar tayyorlash jarayonini turistik mahsulot sifatida shakllantirish mexanizmlarini ilmiy asoslashdan iborat. Tadqiqot davomida kuzatish, anketa soʻrovi, ekspert baholash va SWOT-tahlil usullari qoʻllanilgan. Natijalar shuni koʻrsatadiki, oilaviy restoran va pazandachilik masterklasslari gastronomik turizmning eng samarali segmentlaridan biri hisoblanib, ular mahalliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va yangi ish oʻrinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.