Pardayeva Ozoda Mamayunusovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonning madaniy-tarixiy turizm sohasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqotda innovatsion iqtisodiy sharoitlardagi institutsional o‘zgarishlar, resursga asoslangan yondashuv (RBV) va ijtimoiy-hissiy boylik (SEW) nazariyalari ntegratsiyalashgan metodologik doira taklif etilgan. Miqdoriy va sifatiy usullar kombinatsiyasi asosida 120 ta oilaviy turizm korxonasi so‘rovnomasi o‘tkazilgan. Natijalar ko‘rsatadiki, raqamli innovatsiyalar oilaviy tadbirkorlarda yuqori samaradorlikka olib keladi, biroq institutsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hali yetarli darajada shakllanmagan. O‘zbekiston 2030 strategiyasiga muvofiq yillik 15 million sayyoh jalb etish maqsadi kontekstida ushbu tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati yuqori.