Pardayeva Ozoda Mamayunusovna
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekistonda turizm sohasidagi oilaviy tadbirkorlik korxonalari uchun raqamli innovatsiya strategiyalari tadqiq etilgan. Raqamli platformalar, sun‘iy intellekt texnologiyalari va onlayn bronlash tizimlarining oilaviy turizm tadbirkorligiga ta‘siri tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalar samaradorligini baholash uchun integral koeffitsient usuli taklif etilgan hamda “Smart tourism family entrepreneurship system” innovatsion modeli ishlab chiqilgan. O‘zbekistonda oilaviy turizm tadbirkorligini raqamlashtirishning bosh strategiyasi — yagona oilaviy smart-platformani joriy etish, autorsing xizmatlarini avtomatlashtirish va hududiy madaniy merosni virtualizatsiya qilishdir. Bu strategiyalar oilaviy sayohatlarni rejalashtirish vaqti va xarajatlarini kamaytirishga hamda oilaviy mehmon uylari (guest houses) daromadini oshirishga xizmat qiladi.