Bakayev Ziyovuddin Toshbolta o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqolada turizm va mehmondo‘stlik industriyasini rivojlantirishda turistik xizmatlar samaradorligini oshirish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Xizmat ko‘rsatish sifati, turistlar ehtiyojlarini qondirish darajasi hamda raqobatbardoshlikni oshirishning zamonaviy usullari yoritiladi. Tadqiqotda turistik xizmatlar samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar, jumladan raqamlashtirish, kadrlar salohiyati, servis standartlari va innovatsion texnologiyalarning o‘rni baholanadi. Shuningdek, barqaror turizm tamoyillari asosida mehmondo‘stlik idustriyasida xizmatlar sifatini oshirish mexanizmlari ishlab chiqiladi. Maqola natijalari turizm subyektlari faoliyatini takomillashtirish va turistlar qoniqishini oshirishga xizmat qiladi.