Sirojiddinova Shahrizoda Davronovna
Annotatsiya: Maqolada O‘zbekistonda barqaror turizmni rivojlantirishda strategik boshqaruvning institutsional asoslarini takomillashtirish masalasi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tadqiq qilindi. Barqaror turizm iqtisodiy o‘sish, ekologik muhofaza, ijtimoiy adolat va madaniy merosni saqlash tamoyillari asosida integratsiyalashgan boshqaruvni talab etishi ta’kidlandi. Tadqiqotda institutsional tahlil, strategik rejalashtirish, tizimli yondashuv, manfaatdor tomonlar tarmog‘i tahlili va siyosat baholash metodlari qo‘llandi. Natijada barqaror turizm boshqaruvining oltita asosiy elementi taklif etildi: normativ-huquqiy muhit, institutsional koordinatsiya va sherikliklar, barqaror marketing va brendlashtirish, mahalliy hamjamiyatni qo‘llab-quvvatlash, ekologik barqaror infratuzilma va monitoring hamda baholash tizimi.