Shakarov Davron Ulashboyevich
Annotatsiya: Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida qurilish xizmatlari bozorini rivojlantirishning nazariy-uslubiy jihatlari tadqiq etilgan. Raqamli iqtisodiyotning qurilish xizmatlari bozoriga ta’siri, zamonaviy raqamli texnologiyalarning xizmatlar ko‘rsatish jarayonlariga integratsiyalashuvi hamda ularning iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi ahamiyati ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, qurilish xizmatlari bozorini raqamlashtirishga ta’sir etuvchi asosiy omillar tizimlashtirilib, sohani rivojlantirishning nazariy-uslubiy yondashuvlari takomillashtirilgan. Tadqiqot natijasida qurilish xizmatlari bozorini raqamli transformatsiya asosida rivojlantirishning konseptual modeli ishlab chiqilib, uning amaliy qo‘llanilishiga oid ilmiy tavsiyalar shakllantirilgan.