Turayeva Nargiza Rustamovna
Annotatsiya: Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida ishlab chiqarish klasterlarini samarali boshqarish masalalari tahlil qilingan. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish, resurslardan samarali foydalanish hamda boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish imkoniyatlarini yaratmoqda. Tadqiqot davomida klaster boshqaruvida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganilib, ishlab chiqarish klasterlari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.