Sultonov Mexriddin Zuxriddin o‘g‘li
Annotatsiya: Mazkur maqolada Farg‘ona turistik mintaqasida mahalliy gastronomik takliflar, xizmat ko‘rsatish zanjiri va turistlar sarf-xarajatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda ularning hududiy raqobatbardoshlikka ta’siri tadqiq etilgan. Tadqiqot 2025–2026 yillardagi dala ma’lumotlari asosida Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon va Rishton subhududlarida o‘tkazildi. Metodologiya 24 ta intervyu, 120 ta so‘rovnoma hamda kontent-tahlilni o‘z ichiga oladi. Regressiya modeli ovqatlanish taklifi va xizmat sifati turistlar xarajatlariga sezilarli ta’sirini ko‘rsatishi ilmiy asoslangan.