KICHIK BIZNESDA MEHNAT MUNOSABATLARINI INSTITUTSIONAL TRANSFORMATSIYALASHNING MODULLI MEXANIZMI



Mualliflar:

Ulug‘muradova Nodira Berdimuradovna

DOI:
Annotatsiya:

Annotatsiya: Maqolada O‘zbekiston kichik biznesida mehnat munosabatlarini institutsional transformatsiyalashning modulli mexanizmi ishlab chiqilgan. Empirik tashxis uchun Xalqaro mehnat tashkilotining 2022-yilgi norasmiy bandlik baholari, Davlat mehnat inspeksiyasining 2024-yil yanvar–iyul natijalari va 2025-yildan elektron mehnat shartnomalarini joriy etishga oid rasmiy ma’lumotlar qo‘llanildi. 9 146 ta tekshiruv va o‘rganishda 25 482 ta qoidabuzarlik aniqlangan bo‘lib, ularning 15 693 tasi yoki 61,6%i mehnat munosabatlariga, 9 789 tasi yoki 38,4%i mehnat muhofazasiga tegishli. Tashxis asosida rasmiy shartnoma, vazifa va natija, ish haqi, ish vaqti, ijtimoiy himoya va xavfsizlik, xodim ovozi, kasbiy o‘sish hamda raqamli kadrlar hisobidan iborat sakkiz modulli paket taklif etilgan. Besh pog‘onali yetuklik modeli va qisqa siklli joriy etish algoritmi huquqiy minimumni boshqa yuqori ko‘rsatkichlar bilan kompensatsiya qilishga yo‘l qo‘ymaydi.