QIYOSIY YONDASHUV BILAN OBYEKT QIYMATINI BAHOLASHNING ISHONCHLILIGI VA ANIQLIGI MASALASI



Mualliflar:

Safin Farid Gubaydullayevich, Porsayev Ganidjan Muxamedovich, Qobulov Dilshod Qodir o‘g‘li

DOI:
Annotatsiya:

Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy iqtisodiy sharoitda qiyosiy yondashuv vositasida obyektlar qiymatini baholashning uslubiy asoslari, shuningdek, mazkur yoʻnalishda Rossiya ilmiy va tahliliy nashrlarida chop etilgan baholash natijalarining ishonchliligi hamda aniqligi masalalari atroflicha tadqiq etiladi. Tadqiqot doirasida baholash koʻrsatkichlarining ishonchlilik darajasini matematik-statistik jihatdan asoslash maqsadida Spirmenning darajali korrelyatsiya mezonidan (koeffitsiyenti) foydalanildi. Mualliflar tomonidan qiyosiy tahlil samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy misollar oʻrganilib, eksperimental hamda analitik yondashuvlar uygʻunligida baholash aniqligini tekshirish boʻyicha maxsus hisoblash sinovlari va aprobatsiya ishlari amalga oshirildi.