Xudayberganov Zoxidjon Djurakulovich
Annotatsiya. Maqolada axborot xizmatlari bozorining iqtisodiy tabiati va unga xos raqobat xususiyatlari tadqiq etilgan. Soha statistik tasniflagich asosida uchta yadroga infratuzilmaviy, intellektual va kontent segmentlariga ajratilib, ularning har biri to‘qqizta parametr bo‘yicha qiyoslangan. Axborot mahsulotining an’anaviy tovardan olti jihatdan farqlanishi asoslangan: xarajat tuzilmasi, ko‘paytirish narxi, iste’molda kamaymaslik, tarmoq samarasi, tajriba mahsuloti xususiyati va sifatni oldindan baholash imkonining cheklanganligi. Ushbu farqlar bozor tuzilmasiga ta’sirini ko‘rsatuvchi mexanizmlar ochib berilgan. Segmentlar bo‘yicha kirish to‘siqlari va raqobat modellari tahlil qilinib, sohada yagona raqobat modeli mavjud emasligi va shu sababli yagona tartibga solish vositalari to‘plami samarasiz bo‘lishi asoslangan.