Karimova Aziza Maxomadrizoyevna, Sindarov Shuxrat Keldiyorovich
Annotatsiya. Mazkur maqolada tijorat banklarining islomiy darchalarida mijozlar mablag‘larini jalb qilishning iqtisodiy mohiyati, shartnomaviy asoslari va bank resurs bazasini shakllantirishdagi o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Islomiy banklarda joriy hisobvaraqlar, mudaraba va vakala asosidagi investitsiyaviy omonatlarning risk–daromadlilik profili, kapitalning qaytarilish darajasi hamda bank va investor o‘rtasida risklarni taqsimlash mexanizmlari qiyosiy tahlil qilingan. Global islomiy moliya bozorining zamonaviy tendensiyalari, xususan, bank sektorining yetakchi ulushi va depozitlarga asoslangan moliyalashtirishning ustuvorligi baholangan. O‘zbekiston Respublikasida 2026-yildan islomiy bank faoliyati uchun yaratilgan huquqiy bazaning mijoz mablag‘larini jalb qilish amaliyotiga ta’siri ochib berilgan.