RAQAMLI MARKETING VA BRENDGA XARIDORLARNING SADOQATI



Mualliflar:

Baxodirov Bunyod Baxtiyorovich, Zokirov Xojimuhammad Shokirovich

DOI:
Annotatsiya:

Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli marketingning zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni va uning brendga nisbatan xaridorlar sadoqatini shakllantirishdagi ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning tezkor rivojlanishi marketing faoliyatining an’anaviy shakllarini tubdan o‘zgartirib, kompaniyalar uchun iste’molchilar bilan bevosita, interaktiv va individual yondashuv asosida muloqot qilish imkoniyatini yaratdi. Shu nuqtai nazardan, maqolada raqamli marketing vositalari ijtimoiy tarmoqlar, qidiruv tizimlari optimizatsiyasi (SEO), elektron pochta marketingi, kontent marketingi hamda mobil ilovalar orqali amalga oshiriladigan strategiyalar tahlil qilinadi.