Bunyod Bakhodirov Baxtiyorovich, Nuriddinov Tohir Salohiddin o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqolada kichik va o‘rta turistik kompaniyalar uchun brend yaratish va rivojlantirishning ahamiyati, istiqbollari hamda mavjud qiyinchiliklari batafsil tahlil qilindi. Turizm sohasi doirasida kichik va o‘rta kompaniyalar uchun brendning muvaffaqiyatli tashkil etilishi raqobatbardoshlikni oshirish va bozorda mustahkam o‘rin egallash uchun zarurdir. Maqolada brendning raqobatbardoshlikni oshirishdagi roli, marketing strategiyalarining samaradorligi, shuningdek, resurslar cheklangan sharoitlarda yuzaga keladigan muammolar, masalan, moliyaviy va inson resurslari cheklovlari hamda ularni hal qilish uchun takliflar va tavsiyalar ko‘rsatilgan.