Bakhodirov Bunyod Baxtiyorovich, Fattohov Mirshod Dilshod o‘g‘li
Annotatsiya. Mazkur maqolada turistik kompaniyalarda moliyaviy rejalashtirishning asosiy prinsiplari va yondashuvlari tahlil qilinadi. Moliyaviy rejalashtirish turistik biznes muvaffaqiyatining muhim omili hisoblanadi, chunki u kompaniyaning moliyaviy barqarorligini ta'minlash, daromad va xarajatlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, moliyaviy xavflarni oldindan aniqlashga xizmat qiladi. Mazkur tadqiqot turistik kompaniyalar uchun moliyaviy barqarorlikka erishishda amaliy tavsiyalarni taklif etadi va bu mavzuda keyingi ilmiy izlanishlar uchun muhim nazariy asos yaratadi