Rustamov Abulqosim Musoqul o‘g‘li
Annotatsiya: Xizmat ko‘rsatish sohasi keng qamrovliligi bilan iqtisodiyotda, aholi hayotida muhim o‘rin tutadi. Bu sohada yangi ish o‘rinlarini kam xarajat bilan va tez muddatda tashkil etish mumkin. Aholi daromadlarining real o‘sishi ham avvalo xizmatlar rivojida seziladi. Turizmni rivojlantirishda har bir hudud hususiyati, holati va sharoitidan kelib chiqqan holda rivojlantirish zarur. Mazkur maqolada xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishida zamonaviy texnologiyalarning o‘rni, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri hamda joriy etish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, mobil ilovalar va avtomatlashtirish tizimlari xizmatlar sifatini oshirishda muhim omil sifatida o‘rganiladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish istiqbollari va muammolari ko‘rib chiqiladi.