O‘ZBEKISTONDA TURIZM SOHASINING INNOVATSION RIVOJLANISH DARAJASINI BAHOLASHNING METODOLOGIK YONDASHUVLARI VA KO‘RSATKICHLAR TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH



Mualliflar:

Xaitov Oxunjon Nomoz o‘g‘li

DOI:
Annotatsiya:

Annotatsiya. Maqolada O‘zbekistonda turizm sohasining innovatsion rivojlanish darajasini baholashning mavjud metodologik yondashuvlari tadqiq etilib, ularni takomillashtirish zarurati asoslangan. Turizmda innovatsion rivojlanishning mazmuni faqat raqamli texnologiyalarni joriy etish yoki turistik oqimlarning o‘sishi bilan emas, balki mavjud resurs va imkoniyatlarning yangi turistik mahsulotlar, yuqori sifatli xizmatlar hamda barqaror iqtisodiy natijalarga aylanish jarayoni bilan izohlangan. Tadqiqot doirasida O‘zbekiston turizm sohasining 2021-2025-yillardagi rivojlanish dinamikasi tahlil qilinib, miqdoriy o‘sish bilan innovatsion sifat o‘zgarishlarini o‘zaro farqlashning uslubiy ahamiyati ochib berilgan. Turizm sohasining innovatsion rivojlanishini kompleks baholash uchun raqamlashtirish, innovatsion infratuzilma, inson kapitali, turistik mahsulot innovatsiyasi, investitsion faollik, ekologik barqarorlik va iqtisodiy natijadorlikni qamrab oluvchi ko‘rsatkichlar tizimi taklif etilgan.