Azizova Nilufar Ikrom qizi
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy xizmatlar bozori rivojlanishining hozirgi holati, marketing tadqiqotlarining o‘rni va asosiy ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Ijtimoiy xizmatlar bozorining tarkibiy tuzilishi, talab va taklif omillari, raqobat muhiti hamda iste’molchilarning xulq-atvoriga ta’sir etuvchi marketing mexanizmlari o‘rganiladi. Shuningdek, sohada olib borilayotgan marketing tadqiqotlarining samaradorligi, ularning amaliy ahamiyati va rivojlanish tendensiyalari baholanadi. Tahlillar asosida ijtimoiy xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish, marketing strategiyalarini takomillashtirish va xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.