Turdibekov Xasan Ibragimovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada turizmni strategik rivojlantirish bo‘yicha xorij tajribasining O‘zbekiston sharoitida amaliy qo‘llanish yo‘llari chuqur tahlil qilindi. Metodologik asos sifatida turizm statistikasi bo‘yicha xalqaro tavsiyalar va turizm hisobotlari bo‘yicha tavsiya etilgan metodik hujjatlari qabul qilindi. Islohotlarning muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillar sifatida o‘lchash va hisob tizimi, manzilni boshqarish tashkilotlari, elektron viza va ochiq osmon siyosati, infratuzilmaning diversifikatsiya qilish, zamonaviy-lashtirilishi, mahsulotni jamoat va xususiy sheriklik orqali moliyalashtirish, kadrlar tayyorlash va raqamli marketing hamda barqarorlik va xavfni boshqarish nazarda tutildi.