Abduvaliyev Abdurahim Salim o‘g‘li
Annotatsiya: Mazkur maqolada raqamli marketing vositalarining gastronomik turizm rivojiga ta’siri hamda ularning hududiy turizm salohiyatini oshirishdagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli marketingning asosiy vositalari – ijtimoiy tarmoqlar marketingi, qidiruv tizimlari optimallashtirish (SEO), kontent marketing, influencer marketing va mobil marketingning gastronomik turizm rivojiga ta’sir mexanizmlari o‘rganilgan. Samarqand viloyati misolida gastronomik turizm mahsulotlarini raqamli platformalar orqali targ‘ib qilishning amaldagi holati baholanib, mavjud muammolar va rivojlanish istiqbollari aniqlangan.