«Inson kapitali va ijtimoiy rivojlanish», «Human capital and social development», «Человеческий капитал и социальное развития» jurnalining muassisi – Samarqand Davlat universiteti hisoblanadi
Iqtisodiyot, ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini chop etish, raqobatbardosh ishlanmalar va innovatsion yechimlar xususida ilmiy salohiyatli mutaxassislarniig tajribalarini ommaviylashtirish, fundamental va innovatsion ilmiy jarayonlar xabarlari, monografiyalarga taqrizlar, xorijiy mamlakatlar olimlari bilan aloqalarni keng yoritishdan iborat;
Ilm-fan sohasida olib borilayotgan tub islohotlarning mohiyatini tushuntirish;
O‘zbekiston Respublikasida va jahonda yuz berayotgan ilmiy, nazariy-uslubiy yangiliklarni yoritish;
Olimlar kengashining o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari va tahririyat nizomi asosida faoliyat ko‘rsatadi. Ilmiy-nazariy, fanlar yo‘nalishida olib borilayotgan dolzarb ilmiy izlanishlar salohiyatini yana-da yuksaltirish, ilm-fan yutuqlarini keng targ‘ib qilish, yangi texnologiyalarni joriy etish, olimlarning ilmiy faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashish uchun imkoniyat yaratishlar jurnalning bosh maqsadidir.
O‘zbekiston Respublikasida fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, milliy istiqlol g‘oyasi targ‘iboti va ilmiy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, iqtidorli va salohiyatli yoshlarni izlab topish va ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish orqali jamiyatimizda sohaning yetuk professional kadrlarini tayyorlashga erishish;
Ilmiy tahlil etish, uning natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va boshqa davlatlar mutaxassislari ishlarini umumlashtirish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Talabalar va xodimlarni ilm-fanning so‘nggi maʼlumotlaridan voqif etish maqsadida «Inson kapitali va ijtimoiy rivojlanish» sahifalarida mamlakatimizda olib borayotgan innovatsion ishlanmalar, ixtirolar, patentlar haqida maʼlumotlar berib borishni taʼminlash;
Iqtidorli talabalarning ilmiy ish yuzasidan malakasini oshirish borasida mamlakatda yaratilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar haqida maʼlumotlar berib borish;
Mintaqada yaratilgan yangi innovatsiyalarni ommalashtirishga va ishlab chiqarishga joriy etishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ladi.
Muallif (yoki hammualliflar) tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi “Inson kapitali va ijtimoiy rivojlanish jurnali. ” ilmiy jurnalining ruknlariga mos kelishi shart. Maqola xalqaro andozalar talabi doirasidagi bandlarga ega bo’lishi lozim: - Maqola mavzusi (Title) Maqola mavzusi qisqa ko’rinishga ega bo’lib, maqolaning tadqiqot yo’nalishini aniq ifodalashi lozim. Maqola mavzusi o’zbek, rus hamda ingliz tillarida taqdim etilishi shart.
Ushbu qismga muallifning ismi-sharifi (otasining ismi bilan), ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili, telefon raqam kiritiladi.
Maqolalarning qisqacha annotasiyasi 10-12 qatordan oshmagan, o’zbek, rus va ingliz tillarida keltiriladi. Annotasiyada tadqiqot muammosi, uning dolzarbligi, tadqiqot muammosini ochib berish metodologiyasi, tadqiqot natijalari, maqolaning mazmunidan kelib chiqqib muallifning ilmiy va amaliy hissasini qisqacha bayoni keltiriladi.
Maqola mazmuni va maqsadini eng qisqa mazmunda ochib beruvchi kalit so’zlar hisoblanadi. google.com, scholar.google.com elektron qidiruv tizimida maqolani tez topish uchun kalit so’zlarning har biri asosiy matn tarkibida o’rtacha 6-8 marta takrorlanishi tavsiya qilinadi.
Kirish qismida tadqiqot muammosi, uning maqsad va vazifalari yoritiladi. Kirish qismida tadqiqotning dolzarbligini, ilmiy ahamiyati yoritib berilishi lozim.
Mavzuga doir adabiyotlar tahlili tadqiqot olib borilayotgan muammo yuzasidan muallifning bilim va tasavvurga ega ekanini namoyon etuvchi band hisoblanadi. Adabiyotlarning tahlili mazkur mavzu doirasidagi bilimlarni oshiradi va tadqiqot yuzasidan paydo bo’ladigan savollarni yanada oydinlashtirishga ko’maklashadi. Ma’lumki, har qanday tadqiqot ishi ushbu sohada yaratilgan avvalgi bilimlar negiziga yaratiladi. Adabiyotlar sharhi, sohadagi jurnal maqolalari va boshqa turdagi ma’lumot manbalari asosida amalga oshadi
Tadqiqotning eng muhim qismi hisoblanib, o’tkazilayotgan tadqiqotning umumiy xaritasi, tadqiqot yo’nalishi va natijaga olib boruvchi hisoblanadi. Tadqiqot yo’nalishini belgilash, tadqiqot muammosining yechimiga qaraatilgan rejasini tuzish, tadqiqot uchun zaruriy axborotlarni yig’ish, tadqiqot etikasini belgilash, tadqiqot strategiyasini aniqlash bo’yicha qaror qabul qilish asosida qo’yilgan muammoning aniq yechimiga olib chiquvchi yo’lni belgilashdir. Metodologiya qismi tadqiqot uchun tanlangan yo’lning ishonchliligini asoslash orqali namoyon bo’ladi.
Tadqiqotning tahlil qismida yig’ilgan ma’lumotlarning tahlilini amalga oshiradi. Bunda faqatgina tahlil usulining natijalari ifoda etiladi. Natijalar bo’yicha muhokama maqolaning keyingi qismining vazifasi hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalarining aniqlanganligi, tadqiqot bo’yicha tug’ilgan muammolarining yechimini topganligi, tadqiqotning asosiy natijalariga va tadqiqotga umumiy xulosalar, takliflar va tadqiqotdan kelib chiqib, tadqiqot ishi yo’nalishlari maqola xulosa va takliflari qismining asosini tashkil etishi lozim.
Ushbu qismda tadqiqotda foydalanilgan barcha adabiyotlarning ro’yxati [1], [2] ketma-ketligida qo’yiladi: